Xorijda ta’lim olishni rejalashtiryapsizmi? U holda, birinchi qadamlardan biri — dunyo miqyosida eng ko’p tan olingan til malakasi imtihonlaridan biri bo’lgan TOEFL haqida ma’lumotga ega bo’lishdir. Amerika Qo’shma Shtatlaridan boshlab, Yevropadan Osiyogacha bo’lgan minglab universitet va muassasalar tomonidan qabul qilinadigan TOEFL imtihoni, xorijda ta’lim olish uchun ingliz tili yetukligingizni isbotlashning eng kuchli usullaridan biridir.
Ushbu qo’llanmada siz TOEFL imtihonining tuzilishi, turlari (TOEFL iBT, TOEFL Essentials, TOEFL ITP va h.k.), baholash tizimi va tayyorgarlik jarayonida asqotadigan maslahatlarni topishingiz mumkin.
Unutmang, TOEFL imtihoni xorijda ta’lim va xalqaro karyera yo’lida «pasport» vazifasini o’taydigan qadamdir. Imtihonga qanday tayyorlanish kerak, qaysi manbalar foydali va imtihon kuni sizni nimalar kutmoqda? Barcha savollaringizga javobni shu yerda topasiz.
Test of English as a Foreign Language (TOEFL), ya’ni Ingliz tili chet tili sifatida imtihoni ilk bor 1964-yilda joriy etilgan. Dastlab faqat AQSH universitetlariga kirish uchun qo’llanilgan bo’lsa, yillar davomida xalqaro standartga aylandi. Bugungi kunda TOEFL — AQSH, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Singapur va Malayziya kabi ko’plab mamlakatlarda amal qiladi.
Hozirgi vaqtda TOEFL imtihoni 130 dan ortiq mamlakatda 9 000 dan ziyod universitet va muassasalar tomonidan qabul qilinadi. Bu uni dunyo miqyosidagi eng ishonchli ingliz tili testlaridan biriga aylantiradi. Imtihon talabalarning o’qish, yozish, tinglash va gapirish ko’nikmalarini akademik darajada o’lchaydi.
TOEFLning asosiy maqsadi — nomzodlarning ingliz tilini og’zaki va yozma ravishda tushunish, qo’llash va fikr bildirish qobiliyatini o’lchashdir. U ayniqsa universitet darajasida ta’lim olmoqchi bo’lgan talabalarning akademik muhitda ingliz tilidan qanchalik samarali foydalana olishini baholash uchun tayyorlangan.
Universitetlar TOEFL ballarini talabaning ingliz tilidagi darslarni o’zlashtira olishi, munozaralarda qatnashishi, akademik maqolalarni tushunishi va taqdimotlar qila olish salohiyatini tasdiqlovchi mezon sifatida ko’radi.
Bugungi kunda eng ko’p qo’llaniladigan ikki asosiy tur mavjud: internetga asoslangan TOEFL iBT va qog’ozga asoslangan TOEFL PBT.
Bu hozirda eng keng tarqalgan format bo’lib, kompyuter orqali amalga oshiriladi:
An’anaviy qog’ozdagi format bo’lib, texnologiya rivojlanishi bilan kamroq tanlanmoqda. U faqat internet imkoniyati cheklangan hududlarda qo’llaniladi. Ushbu formatda gapirish (speaking) bo’limi mavjud emas.
TOEFL iBT o’z ichiga uch xil imkoniyatni oladi:
Shu kungacha dunyo bo’ylab 27 milliondan ortiq kishi TOEFL topshirgan. Odatda quyidagilar ushbu imtihonga kirishadi:
Muhim eslatma: Har bir muassasa talab qilinadigan minimal ballni o’zi belgilaydi. Shuning uchun siz hujjat topshirmoqchi bo’lgan universitetning talablarini diqqat bilan o’rganib chiqishingiz lozim.
0